Entoni Joshua va Vladimir Klichko shu yilning kuzida yana bir marta ringga chiqadi. Bu haqda Joshuaning promouteri Eddi Xirn aytib o‘tdi, deb ma’lumot berdi “ISport” nashri.
Super-og‘ir vazn toifasidagi bu ikki bokschining Londonda o‘tgan birinchi jangida Joshua 11-raundga kelibgina zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. Bunga qadar Joshuaga qarshi ringga chiqqan bokschilarning hech biri yetti raunddan uyog‘iga o‘ta olmagandi.
IBF konvensiyasida tashkilotga Klichkoga qarshi revansh jangi o‘tkazishga tayyor ekanimiz haqida aytib, buning uchun ruxsat berishlarini so‘radik. Biz Joshuaning keyingi jangi ham Klichkoga qarshi o‘tishi tarafdorimiz. Jang manzili va sanasi haqida ma’lumot beramiz.Boksning super-og‘ir vazndagi ikki yo‘nalishida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Joshuaning kichik Klichkoga qarshi yana bir marta ringga chiqishi, 40 dan oshgan ukrainalik bokschida faoliyatini g‘alaba bilan yakunlash uchun imkoniyat borligini bildiradi.Eddi Xirn, Joshuaning promouteri
Izoh (0)