23-may kuni vafot etgan O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonovning dafn marosimi bugun, 24-may kuni 12:00 (peshin)da o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy vakili “Daryo”ga ma’lum qildi. Dafn marosimi Toshkentdagi “Yalang‘och ota” qabristonida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov 23-may kuni uzoq xastalikdan so‘ng 67 yoshida olamdan o‘tdi.
Izoh (0)