Eron yanvardan boshlab Tehronni 1,9 milliard dollar jarimaga tortgan xalqaro sud qarorining yechimi doirasida Turkiyaga juda past narxlarda yoki bepul gaz eksport qiladi. Bu haqda Eron milliy gaz kompaniyasi bosh direktori Hamid Reza Arakiy ma’lum qildi, deb yozadi “Vesti Kavkaza” nashri.
Avvalroq Arakiy Eron Turkiyaga Xalqaro arbitraj sudi qaroriga muvofiq 1,9 milliard dollar to‘lashini ma’lum qilgan edi. Mahmud Ahmadinejade davridagi avvalgi ma’muriyat narxlarni o‘n foizga pasaytirish zaruratiga rozi bo‘lgan edi. Biroq Turkiya Eron taklifidan bosh tortib, xalqaro arbitraj sudiga murojaat qildi va sud mamlakatga yanada ko‘proq — 13,3 foiz pasaytirishni hukm qildi.
Turkiya Xalqaro arbitraj sudiga Eron ustidan ikki — gazni past bosimda yetkazish va 2011-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan to‘rt yillik davrda gaz xarid qilish uchun oshirilgan narxlar yuzasidan shikoyat bergan edi. Eron to‘liq bo‘lmagan yetkazib berish masalasida yutib chiqdi, biroq 2016-yilning fevralida gaz narxlari masalasida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)