2017-yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Manchester shahrida ro‘y bergan terakt oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Davlat rahbari o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.
Manchesterdagi portlash amerikalik pop-qo‘shiqchi Ariana Grandening konsertidan so‘ng, 23-mayga o‘tar kechasi yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Manchester Arena stadionidagi portlashda 22 kishi halok bo‘ldi. Kasalxonalarga 59 nafar jabrlanuvchi yetkazildi.
Izoh (0)