Zimbabveda ovchilarning professional guruhi a’zolaridan biri Teunis Bota ustiga fil qulab tushishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Telegraph xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Ovchilar safari davomida kutilmaganda bir nechta filga duch keldi. Ular ovchilarga hujum qildi. Bota hayvonlarga qarata o‘q uza boshladi. Shundan so‘ng fillardan biri erkakni xartumi bilan tutib oldi. Do‘stini qutqarish uchun boshqa ovchilar ham unga o‘t ochdi.
Oqibatda yaralangan hayvon Botaning ustiga quladi.
Izoh (0)