Yaponi mudofaa kuchlari qiruvchilari bahsli Sharqiy Xitoy dengizidagi Senkaku arxipelagi hududida Xitoy droni aniqlanganidan tufayli osmonga ko‘tarildi. Bu haqda matbuot anjumani chog‘ida Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Bu voqea vaziyatning keskinlashishiga olib keladi, — dedi Inada xonim. — Biz buni Yaponiya suverenitetining jiddiy tarzda buzilishi deb baholaymiz”.
Tokio versiyasiga ko‘ra, dron ilgariroq Senkaku akvatoriyasiga kirgan to‘rtta Xitoy patrul kemasidan birini kuzatib borgan. Shu bois u yerga ikkita F-15 qiruvchisi va bitta E-2C uzoqdan radiolokatsion aniqlash va aviatsiyani yo‘naltirish samolyotini yo‘lladi.
Senkaku arxipelagini (xitoycha nomi — Dyaoyuydao) Yaponiya o‘z yeri deb hisoblaydi.
Izoh (0)