O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov faoliyatining keyingi qismini boshqa klubda o‘tkazishi deyarli aniq. U to‘p suradigan Qatarning “Al-Jaish” klubi mamlakat chempioni “Lahviya” bilan birlashtirib yuborilayotgani ma’lum qilingandi.
“Championat.asia” nashri Sardor Rashidovga “Qatar SK” klubi qiziqib qolgani borasida ma’lumot bergandi. Ammo futbolchining o‘zi sayt xodimi bilan suhbatda bu xabar haqiqatga yaqin emasligini aytib o‘tgan.
Futbolchining ta’kidlashicha, Sardor Rashidovni o‘z safiga qo‘shib olish uchun Qatarning “Al-Garafa” klubi bel bog‘lagan. Sovchilar orasida Amirliklarning to‘rt klubi — “Al-Ayn”, “Al-Ahli”, “Al-Vasl” va “Al-Vihdat” ham bor.
Shuningdek, Italiya A seriyasi vakili “Kyevo” Sardor Rashidovni so‘rab, “Al-Jaish”na murojaat qilgan. Biroq Qatar klubi so‘ragan pul italiyaliklarni qanoatlantirmagan. Oqibatda Rashidov kuchli beshlik chempionatiga yo‘l olish imkoniyatini boy bergan.
Izoh (0)