Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 11-turida eng ko‘p muxlis “Buxoro” — “Navbahor” o‘yiniga tashrif buyurgan, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
11-tur davomida stadionlarga jami 37.440 muxlis kelgan. Bu Angliya Premyer-ligasining 1 ta o‘yini uchun tashrif buyuradigan muxlislarning o‘rtacha ko‘rsatkichiga teng.
Vodiyda kechgan “Qo‘qon—1912” — “Lokomotiv” o‘yiniga ham 10 mingdan ziyodroq muxlis keldi, biroq qo‘qonliklar bu borada Buxorodagidan biroz kamroq ko‘rsatkich qayd etgan.
So‘nggi turning eng shov-shuvli o‘yini eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan uchrashuvda kuzatilgani e’tiborga molik. Andijonlik referi Temur To‘xtasinov “Navbahor” darvozasiga 3 ta penalti tayin qilib, har ikki klub bosh murabbiylarini maydondan chetlatgandi.
Izoh (0)