Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 11-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Mazkur turda Toshkent grandlarining 2 ochkodan boy berishi bilan start olgandi.
Turning ikkinchi kunida Toshkentning “Obod” klubi Samarqand klubini mag‘lub etdi va so‘nggi o‘rindan bir pog‘ona yuqorilashga erishdi. Toshkent viloyati derbisida “Olmaliq”dan yengilgan “Metallurg” oxirgi jamoaga aylandi.
Qashqadaryo derbisida “Nasaf” 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 11-turdan keyin turnir jadvalining ikkinchi jamoasiga aylanib oldi.
Eng qiziqarli o‘yin Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Shu kuni “Navbahor” darvozasiga bosh hakam To‘xtasinov 3 ta penalti tayin qildi. Shularning ikkitasini Ivan Nagayev aniq amalga oshirgan bo‘lsa, yana bittasida Alisher Shog‘ulomov darvozabon bilan duelda yengildi. Natijada Namangan klubi Buxorodan 1 ochko olib qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 11-tur bellashuvlari 18-may, payshanba
Izoh (0)