Afsonaviy aktyor va jang san’ati ustasi Jan-Klod Van Dammning qizi — Byanka Van Varenberg (otasining haqiqiy familiyasi aynan shunday yangraydi) yosh bo‘lishiga qaramay, sport va kinoda muvaffaqiyatlarga erishdi va taniqli familiyaning munosib davomchisiga aylandi, deb yozadi AdMe.
Qiz ta’kidlashicha, unda sportga muhabbat bolaligidanoq uyg‘ongan, ammo dastlab jang san’atini emas, konkida uchish sportini afzal bilgan.
Vaqt o‘tishi bilan, Byankada baribir yakka kurashga nisbatan qiziqish paydo bo‘ldi va endi u otasining tryuklarini mahorat bilan takrorlay oladi. Ular ko‘pincha birgalikda mashq qiladi, ba’zan esa sportzalda bir-biri bilan jang qiladi. Byanka otasini o‘zi uchun o‘rnak deb bilsa, Van Damm uchun qizi — uning faxri.
Byanka nafaqat sportda, balki kinoda ham otasining izidan borishga qaror qildi. 2012-yilda “Tashqaridan hujum” filmida bosh rolni o‘ynadi. Bugungi kunda qizning repertuarida u aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rassom sifatida qatnashgan o‘ndan ortiq kartina bor.
Izoh (0)