Google korporatsiyasining har yili o‘tkaziladigan konferensiyasida 18-may, payshanba kuni xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning uch nafari jabrlandi. Bu haqda Houston Chronicle gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, tadbir Mauntin-Vyu shahrida (Kaliforniya shtati) o‘tkazilayotgan edi. Google vakillarining so‘zlariga qaraganda, konferensiya o‘tkazilayotgan bino oshxonasida kichikroq yong‘in yuzaga kelgan.
Konferensiyaga tashrif buyurganlardan hech biri jabrlanmadi.
Izoh (0)