• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon voqealari haqidagi afsonalar qanday to‘qilgan?

    Mustaqil siyosatshunos Erkin Ilhomov 2005-yil 13-maydagi Andijon voqealari haqida o‘z mulohazalarini bayon etdi.

    “Har bahorda shu bo‘lar takror” deganlaridek, may oyi kirib kelishi bilan turli ommaviy axborot vositalarida 2005-yilgi Andijon voqealari haqida turkum maqolalar urchiydi. Ushbu materiallar mualliflari, yillar o‘tsa-da, bir xil mazmundagi gap-so‘zlarni chaynayveradi. Ular o‘n ikki yildan beri Andijondagi fojiali kunlar haqida bir tomonlama baho berishdan nariga o‘ta olishmayapti.

    Ba’zi ommaviy axborot vositalari “tinch namoyishchilar o‘qqa tutildi” deya o‘z homiylari, ya’ni xalqaro nohukumat tashkilotlar tomonidan uqtirilgan gaplarni takrorlashga majbur bo‘lmoqda. “Pulini to‘lagan qo‘shiqqa buyurtma beradi”, deb bejizga aytishmaydi. E’tiborli jihati, bunda aniq dalillar, ishonchli faktlar asosida emas, balki o‘z aqli yoki ongi doirasida, ya’ni o‘z bilganicha xulosa chiqarishga urinishadi.

    2016-yilning oktyabrida J. Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutida bo‘lib o‘tgan “Andijon [voqealari]ga yangicha nazar” deb nomlangan seminarda qilingan ma’ruzalar bunday mujmal gap-so‘zlarning butunlay teskarisini ko‘rsatdi. Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Frederik Starr, mazkur institutning yetakchi ilmiy xodimi J. Deyli hamda Pentagon vakili, 2005-yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi bo‘lib ishlagan J. Xartman mazkur seminar tashkilotchilari bo‘lishdi.

    F. Starr seminarni ochar ekan, Andijonda o‘sha kunlardagi “vaziyatni baholashda to‘g‘ri yondashish zarurligi”ni ta’kidladi. Uning fikricha, o‘shanda “shahardagi vaziyat ekstremistik kuchlar mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olish uchun uringanining barcha belgilari borligini ko‘rsatdi”.

    J. Xartmanning qayd etishicha, bugun hech qanday shubha yo‘qki, o‘shanda jangarilar mahalliy davlat hokimiyati organlari va jazoni ijro etish idoralariga hujum qilish orqali davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan. Ekstremistlarning oldindan o‘ylangan harakati tufayli qurbonlar soni ko‘p bo‘ldi. Hukumat kuchlari va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuvda ikki tomondan 200 ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

    J. Xartman yana shuni alohida qayd etdiki, o‘sha kuni Amerikaning biror-bir yirik gazetasi yoki telekanali Toshkentda o‘z muxbiriga ega emas edi. Bu atrofda faqatgina Moskvada amerikalik muxbir bor edi. Amerika ommaviy axborot vositalarining Rossiyadagi xodimlari esa o‘zbek tilini umuman bilmas, O‘zbekiston haqida axborotga ega emas edi. Shuning uchun ular faqatgina xalqaro tashkilotlarning ma’ruzalariga asoslanib ish tutishga majbur bo‘lishgan.

    Shu sababli Andijon haqida materiallarning juda kam qismi ishonchli bo‘lib, aksariyat qismi haqiqatga to‘g‘ri kelmasdi.

    Amerikalik diplomatning fikricha, G‘arb ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi nosog‘lom raqobat bunga sabab bo‘ldi. Chunki ular “yangiliklar poygasi”da ishonchli axborotni emas, balki “qaynoq axborot”ni berishga kirishib ketgan edi.

    J. Deylining ta’kidlashicha, o‘sha kundagi voqea haqida bevosita guvohlar, uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar yozishmadi. Natijada qurbonlar soni tasavvurga sig‘mas darajada o‘sdi, shunchaki bo‘rttirib ko‘rsatildi. G‘arb ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlari tomonidan to‘qib chiqarilgan “Andijon kartinasi”ga mantiqan to‘g‘ri kelmaydigan dalillarga ko‘z yumildi. Har kuni ushbu shaharda aslida nima bo‘lganini tushunish murakkablashib bordi. Haqiqat esa siyosiy maqsad ortiga yashiringan ekan.

    Shu bilan birga, J. Deyli ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hukumati jangarilar shaharda tartibsizlik, alg‘ov-dalg‘ovni yuzaga keltirish maqsadida zo‘ravonlikka qo‘l urganini alohida ta’kidlagan. Ekstremistlar qo‘lida qurol-yarog‘, asirlar borligi, har joyda snayperlar, “Molotov kokteyli” bilan qurollangan shaxslar joylashtirilgani, terroristlarning inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha hokimiyat bilan muzokaralarga keskin qarshi bo‘lgani dalil sifatida keltirilgan.

    Amerikalik ekspertning fikricha, g‘arb mamlakatlari ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlarining Andijon voqealari bo‘yicha tusmollari, ya’ni to‘qima afsonalari O‘zbekiston tomonidan ishonchli dalillar asosida rad etilgan. 2006-yilda voqea joyidan olingan videotasvirlar g‘arb mamlakatlarigacha yetib bordi. Ularda O‘zbekiston hukumatining xulosalari amalda o‘z tasdig‘ini topdi. Ammo g‘arb jamoatchiligi ongida o‘sha voqealar bo‘yicha stereotip qarashlar allaqachon shakllanib bo‘lgan edi. G‘arb nohukumat tashkilotlari o‘z aybini tan olmasdan, xatolarini iloji boricha yashirishga harakat qilishdi. Oqibatda “videodalillar”ga yo e’tibor qaratilmadi, yo “o‘zbek hukumatining tashviqot materiali” deb bong urildi.

    Andijon fojeasidagi eng muhim jihat shundaki, ushbu voqealar yosh dunyoviy mamlakatimiz uchun og‘ir sinov bo‘ldi. Dunyo jamoatchiligi esa g‘arb ommaviy axborot vositalari va xalqaro nohukumat tashkilotlari tomonidan “to‘qilgan afsonalar” ta’siriga tushib qoldi. Agar G‘arb ekstremizm va terrorizmga qarshi haqiqatan ham kurashmoqchi bo‘lsa, oxirgi paytlarda Yevropaning katta-kichik shaharlarini qamrab olayotgan terroristik hujumlarni inobatga olgan holda Andijon voqealaridan saboq chiqarishi, to‘g‘ri xulosa qilishi lozim.

    19.05.2017, 22:31   Izoh (0)   63140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    27-maydan boshlanadigan Ramazon, Saudiyaga safar qiladigan Mirziyoyev va Tramp, Buxorodagi “vahimali voqealar” va kunning boshqa muhim xabarlari

    19.05.2017, 20:28

    Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekgidroenergo” jamiyatini tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi

    19.05.2017, 20:10

    Tojikiston jurnali: O‘zbekiston sovutgich omborxonalari hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biriga aylandi

    19.05.2017, 19:58

    “Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonda qishloq aholisi bolalar bog‘chalari moddiy-texnika holatidan qoniqish bildirmadi

    19.05.2017, 18:30

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

    19.05.2017, 17:47

    XMT vakili O‘zbekistondagi ijtimoiy sheriklar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi

    19.05.2017, 17:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.