O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidovning o‘z klubidagi kelajagi so‘roq ostida bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashrida ma’lumot berilgan.
Sardor Rashidovni “Bunyodkor”dan xarid qilgan “Al-Jaish” nomli klub, shu shaharning boshqa bir jamoasi “Lahviya” bilan qo‘shib yuboriladi va umumiy Al Duhail Sports Club vujudga keladi.
“Lahviya” joriy mavsum Qatar chempionligini qo‘lga kiritdi. “Al-Jaish” esa chempionatni 4-o‘rinda yakunladi. Shundan kelib chiqib, Al Duhail Sports Club bosh murabbiyi etib “Lahviya” ustozi Jamol Belmadi tayinlangan.
“Championat.asia” taxminiga ko‘ra, u jamoaga asosan o‘z futbolchilarini jalb qiladi. Bu esa Sardor Rashidov va uning “Al-Jaish”dagi bir qator jamoadoshlarini chetda qoldirishi ham mumkin.
Izoh (0)