Kecha, 18-may kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjerida Toshkent shahridagi Xadra maydoni yaqinidagi ko‘prik ostida yonib ketgan Lacetti’ning suratlari va videosi tarqaldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Mazkur yong‘in sabablariga oydinlik kiritish maqsadida nashr Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, 18-may, payshanba kuni soat 20:38 da Toshkent shahri Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasi Xadra maydoni yaqinidagi ko‘prik ostida Lacetti rusumli avtomobil yo‘l chetidagi bordyurga urilishi oqibatida uning motori va salon qismi yongan.
Hodisa oqibatida haydovchiga bosh miya sohasi yopiq jarohati, miya chayqalishi, bosh miya jarohati, bosh miya tepa sohasi, bosh miya tepa sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi hamda alangadan o‘ng bilak sohasi kuyishi tashxisi qo‘yilgan.
Yong‘in yo‘l-transport hodisasi oqibatida sodir bo‘lgan.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” jamoatchilik guruhida qoldirilgan fotoxabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida ko‘prik yaqinida katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Izoh (0)