Dunyodagi turli kompaniyalar mijozlariga ma’qul kelish maqsadida ko‘plab noodatiy buyumlarni ishlab chiqarishga tayyor. Masalan, ular millionerlarga eng oddiy buyumlarni juda katta narxda taklif qilishadi.
AdMe kundalik hayotda har kim ham ishlatadigan buyumlarning millionerlar uchun ishlab chiqarilgan variantini taqdim etdi.
Hojatxona o‘rindig‘i — 299,95 dollar
Uglerod tolalaridan qo‘l mehnati yordamida yasalgan hojatxona o‘rindig‘i.
Naushniklar — 638 dollar
Goldstriker kompaniyasiga tegishli ushbu naushnik 24 karatli brilliantdan ishlangan.
Jun paypoq — 1 188 dollar
Falke kompaniyasi ushbu jun paypoqdan 10 juftgina ishlab chiqargan. Paypoq Janubiy Amerikada yashovchi tuyasimon hayvon (vikunya) junidan to‘qilgan. Ushbu hayvonning juni dunyoda eng noyob va qimmat hisoblanadi.
Oshxona pichog‘i — 5 415 dollar
Bu oshxona pichog‘ini Nesmuk kompaniyasi ishlab chiqargan bo‘lib, uning har bir millimetri juda qimmat. Pichoqning tig‘i uglerod po‘latidan, uning dastasi Kareliya oq qayinidan, asosi esa kumushdan ishlangan.
Qalam — 13 400 dollar
Germaniyaning Faber-Castell kompaniyasi o‘zining tug‘ilgan kuniga oddiy toshqalam ishlab chiqardi. Qalamning o‘zi kedr daraxtidan ishlangan, uning qalpoqchasi esa oq oltindan yasalgan bo‘lib, uchta brilliant bilan bezatilgan.
iPhone 7 — 25 850 dollar
Angliyaning Liverpul shahridan bo‘lgan zargar Styuart Xyus ushbu telefonni qo‘l mehnati yordamida 24 karatli oltindan yasagan.
Ustara — 100 000 dollar
Zafirro kompaniyasi ushbu ustarani meteorit qoldiqlari tarkibidagi metalldan ishlagan. Tig‘i oq yoqutdan, boltchalari esa platinadan yasalgan.
Hojatxona qog‘ozi — 1 558 335 dollar
Toilet Paper Man kompaniyasi 24 karatli oltindan hojatxona qog‘ozini ishlab chiqardi.
Choynak — 3 000 000 dollar
Ushbu choynak oltindan yasalgan va 1500 dona brilliant hamda 500 dona yoqut bilan bezatilgan.
Uzuk — 70 000 000 dollar
Brilliant ko‘zi bor uzuk emas, brilliantdan yasalgan ushbu uzuk Shawish kompaniyasiga tegishli.
Izoh (0)