Apple joriy yil iyun oyidan noutbuklarning 3 yangi modelini chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Noutbuklar taqdimoti Kaliforniyaning San-Xose shahrida 5—9-iyun kunlari o‘tkaziladigan texnologik anjumanda bo‘lib o‘tadi.
Intel mahsuloti bo‘lgan Kaby Lake protsessori bilan jihozlangan MacBook Pro va 12 dyuymli displeyga ega MacBook noutbuklari dunyo yuzini ko‘rishi bildirildi. MacBook Air yangi protsessorga ega bo‘ladi.
Ularning Microsoft 2-may kuni Nyu-Yorkda taqdim qilgan Surface Laptop noutbuki bilan raqobat qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)