Angliya Premyer-ligasining 34-turidan qolib ketgan ikki uchrashuv kecha — 16-may kuni bo‘lib o‘tdi.
O‘z maydonida “Vest Bromvich”ni mag‘lub etgan “Manchester Siti” 3-o‘ringa mustahkamroq joylashib oldi. Gvardiola shogirdlari 21-may kuni APLning so‘nggi turini “Uotford” maydonida o‘tkazadi.
Londonning “Arsenal” klubi esa Aleksis Sanchesning dubli evaziga quyi ligaga tushib ketgan “Sanderlend”ni mag‘lub etdi. Mazkur g‘alaba Arsen Venger shogirdlarining mavsumni “Manchester Yunayted”dan yuqorida yakunlashlari masalasini aniq qildi.
37-turdan keyin “Liverpul” hisobida 73, “Arsenal”da esa 72 ochko bor. So‘nggi tur mazkur ikki klubdan qay biri mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashiga oydinlik kiritib beradi.
21-may kuni bo‘lib o‘tadigan 38-turda “Arsenal” futbolchilari “Everton”ni qabul qiladi. “Liverpul” esa o‘z maydonida Chempionship ligaga tushib ketgan “Midlsbro”ga qarshi saf tortadi.
Joze Mourinyo shogirdlari 6-o‘rinni egallaganiga qaramay, Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi mumkin. Buning uchun “Yunayted” Yevropa ligasi finalida “Ayaks”ni taslim qilishi kerak bo‘ladi.
Angliya Premyer-ligasi 34-tur. Qoldirilgan o‘yinlar 16-may, seshanba
Izoh (0)