Xorazm viloyatidagi Xiva va Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz shaharlari bevosita viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqdagi qaror Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 16-maydagi yig‘ilishida qabul qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Ilgariroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu viloyatlarga uyushtirgan safari chog‘ida Xiva va Shahrisabzni mustaqil ma’muriy birliklarga aylantirib, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar ro‘yxatiga kiritishni topshirgan edi.
Parlament quyi palatasining xabarnomasida aytilishicha, ushbu o‘zgarishlar mazkur shaharlarning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Izoh (0)