Yevropaning bir davlati AQSh bilan razvedka ma’lumotlari almashishni to‘xtatish masalasi ustida o‘ylamoqda. Bu qaysi davlat ekanligi hozircha noma’lum, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ushbu mamlakat maxsus xizmatlari vakili AP agentligi vakili bilan suhbatlashib, uning ismi ham, mamlakat nomi ham keltirilmasligi sharti bilan mazkur axborotni taqdim qildi.
Aytilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uyda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda terrorga qarshi kurashga oid ma’lumotlarni Rossiya tomoniga taqdim etganini ma’lum qilgani Yevropaning bir qator davlatlari rahbariyatida sarosima uyg‘otgan. Kamida bitta davlat AQSh bilan ortiq razvedka ma’lumotlari almashmaslik ustida o‘ylamoqda.
Oldinroq The Washington Post nashri Donald Tramp Oq uydagi muzokaralar chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyakka IShID to‘g‘risidagi mutlaqo maxfiy ma’lumotni yetkazganligini taxmin qilgandi. Senat vakili Jon Makkeyn AQSh prezidenti maxfiy axborot bilan bo‘lishish huquqiga egaligini aytgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)