2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining ilk stadioni — Khalifa International Stadium’da rekonstruksiya ishlari yakunlandi.
Qatar futbol assotsiatsiyasi 19-may kuni bu arenadagi ilk uchrashuvni o‘tkazadi va Amir Kubogining finalida “Ar-Rayyan” hamda “As-Sadd” klublari saf tortadi.
Khalifa International Stadium arenasi rekonstruksiyadan so‘ng o‘z bag‘riga 40 ming muxlisni sig‘dira oladi va FIFAning barcha talablariga javob beradi, deb yozdi “Championat.asia”. Stadion havoni salqinlashtiruvchi maxsus innovatsion tizim bilan jihozlangan. Undagi barcha sektorlar tom ostida joylashgan.
Izoh (0)