Amerikaning Western Digital kompaniyasi Parijdagi Xalqaro savdo palatasi qoshidagi Xalqaro arbitraj sudga Yaponiyaning Toshiba korporatsiyasi biznesining bir qismini sotish bo‘yicha shartnomaga taqiq qo‘yishni so‘rab talabnoma kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Toshiba’ning mazkur biznesi yarimo‘tkazgich va xotira qurilmalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Korporatsiya Westinghouse Electric sho‘ba korxonasi bilan bog‘liq muammolar va AES qurilishi va unga xizmat ko‘rsatish sohasidagi inqirozdan kelib chiqqan keng ko‘lamli zararni qoplash uchun ushbu biznesini sotishni rejalashtirgan edi.
Biroq Yaponiyaning Iokkaiti shahrida mikrochiplar ishlab chiqarilishi uchun investitsiya kiritgan Western Digital u rejalashtirilayotgan bitimni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega deb hisoblamoqda. Kompaniya rahbariyati buni biznes sotuviga uning roziligini olish zarurati bilan bog‘lamoqda. Sababi o‘tgan yili Western Digital o‘tgan yili Toshiba dastlab yarimo‘tkazgichlar chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etgan yana bir Amerika kompaniyasi SanDisk’ni sotib olgan edi.
Izoh (0)