Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Dildagi dog‘ yoxud qopqon” deb nomlangan ikki pardali musiqali dramaning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Aytilishicha, spektaklda ekstremizm, diniy aqidaparastlik tuzog‘iga ilinib qolgan yoshlarning ayanchli qismati haqida hikoya qilinadi.
Spektakl rejissori — O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov. Qo‘chqor Norqobil asari asosida tayyorlangan mazkur asarga musiqani kompozitor Sarvar Yusupov yozgan. Bosh rollarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Turg‘un Beknazarov, Gulchehra Nosirova, Aleksandr Bekjonov, artistlar Rasulxon Qodirxonov, Zulfiya Umirova, Obid Ahmedov, Nafisa Xo‘jaqulova va boshqalar ijro etmoqda.
Izoh (0)