Britaniyalik faxriy, 1944-yil iyunidagi Normandiya frontining ochilishi ishtirokchisi Brayson Xeys dunyodagi eng keksa skaydayverga aylandi. Bu haqda, The Guardian’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Faxriy 101 yosh 38 kunlik bo‘lganida parashyut bilan sakradi. Sakrash xayriya maqsadlarida amalga oshirildi.
Birlashgan qirollik aloqa qo‘shinlarining kichik kaprali 14-may kuni 5 ming metr balandlikdan parashyut bilan sakradi. U bilan birga oilasining uch avlodi vakillari ham bor edi. Jumladan, Braysonning evarasi — 16 yoshli Stenli, o‘g‘li — 74 yoshli Brayan ham parashyutda sakradi.
Sakrash Devon grafligida amalga oshirildi.
Yerga tushgach, Xeys o‘zini yaxshi his qilayotganini va yana sakrash niyatida ekanligini bildirdi.
Izoh (0)