Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 10-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.
Turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Qizilqum” ustidan zafar quchdi — 2:0. Bellashuvda Ignatiy Nesterov penaltidan berilgan zarbani bartaraf qilib, “temiryo‘lchilar” g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
“Nasaf” esa Samarqand shahrida ochko yo‘qotdi. “Dinamo”ga qarshi bellashuvda “ajdarlar”ni “Dinamo Kiyev” va “Zenit” qiziqayotgani aytilgan Aziz G‘aniyev qutqarib qoldi.
“Olmaliq” Muborakdan 1 ochko olib qaytdi. Mazkur o‘yinda “Mash’al” futbolchilari penaltidan aniq foydalana olmadi.
10-turning “Bunyodkor” mag‘lub bo‘lgan kungi o‘yinlari natijasi bilan shu havolada tanishish mumkin.
O‘zbekiston Oliy ligasi 10-tur bellashuvlari 13-may, shanba
Izoh (0)