12-may kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokuraturasi alimentdan katta miqdorda qarz bo‘lgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
1972-yili tug‘ilgan erkak besh yil davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani aniqlandi. Shu tariqa, to‘lanmagan pul miqdori 31 659 909 so‘mni tashkil qildi.
Unga qarshi Jinoyat kodeksining 122-1 moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov davom etmoqda.
Izoh (0)