Istanbulda bir guruh musulmonlar Ayo Sofiya ibodatxonasi yaqinida namoz o‘qib, uni yana masjidga aylantirishni talab qilib chiqdi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
13-may kuni ertalabki soatlarda bir guruh musulmonlar binoga yaqinlashib, namoz o‘qiy boshladi.
Ayni paytda bino xristian ibodatxonasi emas, balki muzey hisoblanadi, ammo 1453-yili Istanbul zabt etilgach, u bir necha asrlar mobaynida masjid sifatida ishlab kelgan edi.
Aksiyani Anatolia Youth Association (AGD) tashkiloti o‘tkazdi. O‘z duosida faollar muzeyni qaytadan masjidga aylantirishni so‘radi.
Aksiya Konstantinopolning zabt etilishi hamda xristian soborining masjidga aylantirilish kuni munosabati bilan o‘tkazildi.
Ayo Sofiya 537-yili qurilgan bo‘lib, o‘shandan 1453-yilga qadar pravoslav ibodatxonasi bo‘lgan. Istanbulni zabt etgan sulton Mehmet uni masjidga aylantirgan. 1935-yilga kelib u muzey sifatida qayta tashkil etilgan.
Izoh (0)