AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’ida Rossiya va Ukrainani tinchlikka da’vat etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Kecha, bir kunning o‘zida men ham Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan, ham Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin bilan uchrashdim”, — deb yozdi Tramp.
Shuningdek, AQSh prezidenti ikkala uchrashuvdan olingan suratlarni kollaj ko‘rinishida joyladi va #LetsMakePeace (“Kelinglar, tinchlikka erishamiz”) xeshtegini yozdi.
Izoh (0)