Rossiyaning Su-27 qiruvchisi AQSh harbiy-dengiz kuchlari patrul samolyotidan olti metr naridan uchib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru” NBC News’ga tayanib. Hodisa 9-may kuni Qora dengiz osmonida sodir bo‘ldi.
Bu vaqtda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining P-8A Poseidon samolyoti xalqaro havo hududida odatiy operatsiyalarni bajarayotgan bo‘lgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari samolyotlarning bunday yaqinlashuvini xavfsiz emas deb baholadi.
Izoh (0)