Italiyaning Scire suvosti kemasi Apennin yarim oroli sohilidan janubda, Ion dengizi orqali o‘quv mashg‘ulotlariga yo‘l olayotganda savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Italiya harbiy-dengiz kuchlarining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Skvillache ko‘rfazida yuz bergan to‘qnashuvdan keyin savdo kemasi suzishda davom etdi, suvosti kemasi esa bazaga qaytishga majbur bo‘ldi.
To‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmadi. Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)