Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi to‘laqonli saytini ishga tushirdi. Sayt ikki tilda ishlaydi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
“Saytda Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar aks etadi, u yerga, shuningdek, qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish mumkin”, — ma’lum qildi 11-may kuni o‘tkazilgan brifing chog‘ida idora boshlig‘ining o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.
Hozirgi paytda saytda yangiliklar chop etilgan, boshqarma rahbariyati hamda fuqarolarni qabul qilish grafigi haqida axborot mavjud, murojaat qilish formasi va uning maqomini tekshirish imkoniyati bor.
“Ko‘p beriladigan savollar”, “Qidirilayotgan shaxslar”, “Dom-daraksiz yo‘qolganlar” bo‘limlari tayyorlanmoqda.
Sayt mobil uskunalar uchun optimizatsiya qilingan. Ular orqali bevosita 102 (voqealar haqida xabar berish) va 1102 (xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun IIV ishonch telefoni) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Doniyor Toshxo‘jayev ichki ishlar organlari faoliyati ochiqlik va oshkoralikka asoslanishini, IIV tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar esa aholi ishonchini mustahkamlashga, shuningdek, xodimlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)