11-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Nizolarning oldini olish bo‘yicha markazi direktori Marsel Peshko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqa muammolari va boshqa mavzular tashkilot kun tartibi nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida hamkorlikni mustahkamlash va yanada chuqurlashtirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.
Uchrashuvda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordiatori Jon MakGregor ishtirok etdi.
Izoh (0)