Rossiyaning axborot sohasidagi regulyator organi — “Roskomnadzor” agentligi Xitoyning WeChat messenjerini taqiqlangan saytlar ro‘yxatidan chiqardi. Idora saytida bildirilishicha, kompaniya axborot tarqatish tashkilotchilari reyestriga kiritish uchun talab qilinadigan barcha zarur hujjatlarni taqdim etgan, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
“WeChat International PTE axborot tizimlariga nisbatan ilgari mavjud bo‘lgan cheklash bekor qilindi”, — deyiladi xabarnomada.
Shuningdek, “Roskomnadzor”ning talablarini Vimeo LLC va Opera Software AS kompaniyalari ham bajardi.
WeChat messenjeri Rossiya hududida bloklangani 5-may kuni ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)