Apple kompaniyasi iPhone 8’ni ommaviy ishlab chiqarishni 2017-yilning oktabr oyidan noyabr oyiga ko‘chirishi mumkin. Bu haqda KGI Securities xalqaro tahliliy kompaniya mutaxassisi Min-Chi Kuo ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Mutaxassisning investorlarga yuborgan xatida sanoat bo‘limi iPhone uchun qismlar yetkazib berishda “yomon ssenariy” alomatlarini ko‘rsatayotgani sabab, iPhone 8’ni ishlab chiqarish jarayoni ikki-uch oyga cho‘zilishi mumkinligini yozgan.
“Boshqacha aytganda buyurtmalarni yetkazib berishdagi jiddiy tanqislik yangi model chiqarila boshlagandan keyin ham biroz vaqt saqlanib qolib, yangi iPhone’larning katta hajmda yetkazilishini cheklashi mumkin”, — deya yozilgan xatda.
Apple 2017-yilda yangi OLED ekranli iPhone va iPhone 7’ning yangilangan versiyasini taqdim etishi taxmin qilinmoqda.
Min-Chi Kuo yangi iPhone’ni ommaviy ishlab chiqarishga nima muammo tug‘dirishi mumkinligi haqida aytmadi. Appleinsider’ning ta’kidlashicha, Apple’ning hamkori — Samsung iPhone 8 ekrani uchun OLED-panellarini ishlab chiqarish vaqtida qiyinchilikka duch kelgan. Svetodiodli panellarni ishlab chiqarish ham ikki-uch oyga kechikishi mumkin.
Izoh (0)