Namangan shahridagi “Lola” dahasi hududida G‘.Botirning shubhali harakatlari ichki ishlar xodimlari e’tiborini tortdi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
U xolislar ishtirokida tekshirilganida qo‘lidagi sellofan paketda o‘tkir hidli modda borligi aniqlandi. IIB ekspertizasi uning sof og‘irligi 2,976,51 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligini ko‘rsatdi.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. G‘.Botir tilxat bilan ochiqda qoldirildi.
Izoh (0)