Italiyaning tog‘li hududida joylashgan Bormida qishlog‘i rahbariyati o‘zlarining aholi punktida doimiy yashash istagida ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganlarga ikki ming yevro to‘lash taklifini berdi. Qishloqqa ko‘chish istagini bildirganlar Liguriya viloyatining shimoli-g‘arbidagi dengiz sathidan 420 metr balandlikda yashashlari kerak, deb xabar berdi Thrillist.
Qishloqqa ko‘chib o‘tish haqidagi chaqiriqni uning hokimi Daniele Galyano bildirdi. Bu bilan u ommaviy shaharga ko‘chib ketayotgan yoshlar oqimiga chek qo‘yishga umid bog‘lagan. Hozirda Bormidada 394 kishi istiqomat qiladi.
Qishloqdagi uylarni oyiga 50—120 yevro to‘lab ijaraga olish mumkin.
Bu yerdagi to‘rtta restonrandan birining menejeri Juzeppe Oddonening aytishicha, qishloqning maqtanadigan alohida ahamiyatga ega joylari yo‘q.
“Bu yerda hayot oddiy va tabiiy. Bizda o‘rmonlar, echkilar, cherkovlar va ko‘plab yaxshi ovqatlar bor. Shubhasiz, bu yerda hayot ruhiy tushkunliklardan xoli”, — ta’kidladi Juzeppe.
Izoh (0)