Hindistonda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa Jabalpur okrugida sodir bo‘ldi. Kuzovida yo‘lovchilarni olib ketayotgan yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, ko‘prikdan pastga quladi.
Madxya-Pradesh o‘rmon xo‘jaligi departamentiga tegishli bo‘lgan yuk mashinasida tendu daraxti barglarini yig‘ishga jo‘natilgan Maxarashtra shtati ishchilari bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)