Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vashingtonga tashrifiga qadar AQSh Suriya kurdlarini qurollantirish bo‘yicha qarorini o‘zgartirishiga umid bildirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Matbuot anjumani chog‘ida Erdo‘g‘on “ittifoqchilar terrorchi guruhlar emas, Anqara tomonida turishi”ga ishonishni istashini tan oldi.
Bir muddat ilgari AQSh Suriya kurdlarining Xalq mudofaasi otryadlarini (YPG) qurollantirishi ma’lum bo‘lgan edi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bunga keskin qarshi fikr bildirib, ushbu qaror Turkiya uchun xavfli ekanligini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)