Dubay politsiyasi ikki nafar eng tartibli haydovchiga sof oltindan ishlangan o‘yinchoq mashinachalarni sovg‘a qildi, deb yozadi “Motor”.
Ayni paytda Dubayda “oq ballar” deb nomlanuvchi, tartibga rioya qilgan holda mashina boshqarishni rag‘batlantirish tizimi amal qiladi. Tezlikni oshirganlik uchun jarima va boshqa har qanday qoidabuzarliklarsiz o‘tkazilgan bir oy uchun haydovchiga ikki ball beriladi. “Oq ballar” yordamida avtomobil egalari mayda qoidabuzarliklar uchun “hisob-kitob qilishi” mumkin. Agar bir yil ichida ular 24 ball yig‘a olsa, politsiya departamentining sovg‘alariga da’vogarlik qila oladi.
O‘tgan yil ichida 24 ball to‘plagan jami 2000 haydovchi mukofotlandi. Ularning har biriga esdalik sovg‘alari berildi. Oltin mashinachalar kimga nasib qilishini lotereya orqali aniqlashdi.
Izoh (0)