Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro ichki ishlar idoralariga murojaat qilib, Chortoq tumani, “Bog‘iston” mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligidan narxi 6 million so‘mlik oti o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2002-yilda tug‘ilgan Sh.Murod sodir etganligi aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sh.Murod tilxat bilan ota-onasiga topshirildi.
Izoh (0)