Abu-Dabi politsiyasi 21 yoshli erkakni qiymati 60 million dirhamga (qariyb 17 million dollar) teng giyohvand modda bilan qo‘lga oldi, deb xabar berdi UAE Inside.
“Al-Bayan” arab nashrining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxs mamlakatdagi eng yosh giyohvand modda sotuvchi hisoblanadi. Bundan tashqari, u BAA fuqarolari orasida taqiqlangan modda bilan rekord miqdorda savdo qilgan shaxsdir.
Erkakdan umumiy miqdorda milliondan ortiq amfetamin vositalari musodara qilingan. Ularning bir qismi avtomobilida, qolganlari esa uyida saqlangan.
Ma’lumotlarga qaraganda, polietilenga o‘ralgan dorilar pishloq va zaytun moyi bilan to‘ldirilgan shisha idishlar ichiga yashirilgan. Keyinroq, Mustafo tumanida yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Izoh (0)