Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari mamlakat shimolidagi Badaxshon viloyatining Zebak tumani ustidan nazoratni tikladi. Bu haqda, Tolo News agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, janubda Pokiston, shimolda Tojikiston chegaralariga yo‘l ochuvchi mazkur tuman strategik ahamiyatga molik bo‘lib, 11-may kuni uzoq janglardan so‘ng qaytarib olindi. Yo‘qotishlar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Zebak tog‘li tumani “Tolibon” radikal harakati tomonidan ikki hafta muqaddam egallab olingan edi.
Ayni kunlarda Afg‘onistonda jangarilar AQSh harbiy-havo kuchlarining Pokiston chegarasidagi hujumi paytida o‘ldirilgan yetakchilari Axtar Mansur nomi bilan “Mansuriy” deb atalgan bahorgi-yozgi hujum kampaniyasini o‘tkazmoqda.
Izoh (0)