“Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni va o‘nlab xalqaro kinofestivallarda bosh mukofot sohibi bo‘lgan rejissor Shuhrat Abbosov Dono Productions kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Yana mahallada duv-duv gap” filmiga rejissorlik qildi. O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova “Darakchi.uz” nashri bilan kinokartina haqidagi taasurotlarini o‘rtoqlashdi.
“Yana mahallada duv-duv gap” filmida buvi obrazini yaratdim. Filmga Shuhrat Abbosov qo‘l urganlarini bilib, hech ikkilanmay taklifni qabul qildim. Shuhrat Abbosov O‘zbekiston kino san’atida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan rejissorlardan biri. Kinoga kirib kelishimga ham shu inson sababchi bo‘lgan. “Mahallada duv-duv gap”ning davomini muallifning o‘zlari olganliklari nur ustiga a’lo nur bo‘ldi. Uzoq yozilgan ssenariy, puxta olingan sahnalar, aminmanki, film o‘z tomoshabin ko‘nglidan alohida joy egallaydi.Gulchehra Jamilova, O‘zbekiston xalq artisti
Biroq filmni “Mahallada duv-duv gapning” davomi deb tushunish kerakmas, sababi o‘zim bilan suhbatda bo‘lgan aksariyat muxlislar aynan shunday deb bilishyapti hamda unda ilk filmning farzandlari taqdiri namoyish etilishini kutayotganini angladim. Tomoshabin o‘zini filmning mantiqiy davomini ko‘rishga tayyorlamasligi kerak. “Mahallada duv-duv gap” bu klassik asar, san’atimiz durdonasi bo‘lib qoladi. “Yana mahallada duv-duv gap”da o‘zgacha mavzu, mutlaqo boshqa davr, o‘zga dunyoqarashga ega odamlarning taqdiri namoyish etiladi.Gulchehra Jamilova, O‘zbekiston xalq artisti
Filmni serial qilish rejasi haqida ham eshitdim. Tomoshabinni didi va dunyo qarashi har xil, shu sababli haqqoniy bahoni faqat ular beradi. O‘zim ham filmni intizorlik bilan kutyapman. Filmni o‘z ishining haqiqiy ustasi olgan ekan, uni salmoqli film bo‘lishiga ishonaman. Shuhrat Abbosovning o‘z qalami bor, juda katta madaniyat va mahoratga ega inson, shu sababli “Yana mahallada duv-duv gap” yengil-yelpi film bo‘lishi mumkin emas!Xabarda qayd etilishicha, ayni damda film badiiy kengashga topshirilgan, premyeraga ham oz fursat qolmoqda.Gulchehra Jamilova, O‘zbekiston xalq artisti
Izoh (0)