Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Chje In mamlakatga Amerikaning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishi masalasini xususan Xitoy bilan yaqin hamkorlikda hal qilishga va’da berdi, deb yozadi “TASS”.
“THAAD muammosi Xitoy va AQSh bilan yaqin hamkorlikda hal etiladi”, — dedi u Seulda bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida.
Mun Chje In fikricha, Janubiy Koreya hududiga THAAD’ni joylashtirish haqidagi qaror shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan va mamlakatning yangi rahbariyati ushbu masala bo‘yicha so‘nggi so‘zni aytishi kerak.
Bundan tashqari, yangi prezident ikki tomonlama aloqalarni normallashtirish maqsadida KXDRga tashrif buyurishga tayyorligini ma’lum qildi. U, shuningdek, “barcha fuqarolar fikrlariga quloq soladigan asl xalq prezidenti” bo‘lishga va’da berdi.
Izoh (0)