Misrlik taniqli musavvir Saad Muhammad Qur’oni karimning o‘zi tayyorlagan g‘aroyib nusxasi Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilishiga umid qilmoqda. Bu haqda “Islam-today.ru” ma’lum qildi.
Mazkur ish uchun rassom 3 yil vaqt sarfladi. Uning g‘aroyibligi shundaki, muqaddas kitobning uzunligi 700 metrdan iborat.
Loyihani musavvirning o‘zi moliyalashtirishiga to‘g‘ri keldi, shu sababli uning yaratilishi bir necha yilga cho‘zilib ketdi.
Agar Saad Muhammadning mehnati Ginnes kitobiga kiritilsa, eng uzun Qur’oni karim nusxasi sifatida dunyo rekordini o‘rnatadi.
Izoh (0)