“Gremmi” mukofoti tashkilotchilari 2018-yil marosimini Los-Anjelesdan Nyu-Yorkka ko‘chirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tadbir 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yubiley — 60-taqdirlash marosimi bo‘ladi.
“Gremmi” so‘nggi 14 yil mobaynida Los-Anjelesda topshirib kelingan.
Tashkilotchilarga ko‘ra, tadbirni ko‘chirish haqidagi qaror birinchi galda Nyu-York meri Bill de Blazio tufayli qabul qilindi. Shou shahar g‘aznasiga 200 million dollar daromad keltirishi kutilmoqda.
Izoh (0)