Yevropa Chempionlar ligasining yarim finalidan joy olgan “Yuventus” — “Monako” o‘yini turinlik futbolchilarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Bunda “Yuventus” har ikki o‘yinda ham g‘olib chiqib, finalga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, monakoliklar klubning 690 daqiqadan buyon davom etib kelayotgan quruq seriyasiga yakun yasab berdi.Kilian Mbappe
“Monako”ning pley-offdan joy olgan dastlabki to‘rt o‘yinining har birida gol urgan 18 yoshli hujumchi rekord qayd etgandi. Ya’ni, nimchorak va chorak finalning jami 4 ta o‘yinida gol urish hozirgacha hech bir futbolchiga nasib qilmagandi.
Endi esa Mbappe Chempionlar ligasining yarim finalida gol urgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. 18 yosh-u 140 kunligida dunyoning hech bir futbolchisi eng nufuzli turnir yarim finalida muvaffaqiyat qozonmagan, deb e’tirof etdi UEFA rasmiy sayti.
Qiziq tomoni, Mbappe gol urgan darvozabon Buffon hozir 39 yoshda. Mashhur posbon futbolchilik faoliyatini boshlaganida Mbappe hali dunyoga kelmagandi.
Janluiji Buffon
“Yuventus”ning finalga chiqishida katta mehnat qilgan 39 yoshli darvozabon yevrokuboklardagi 150-uchrashuvida maydonga tushdi va aynan yubiley o‘yinida o‘g‘li tengi futbolchidan gol o‘tkazdi.Bunga qadar yana 9 nafar futbolchi yevrokuboklarda 150 ta o‘yin o‘tkazgan deb ma’lumot berdi UEFA. Italiyalik boshqa bir futbolchi Paolo Maldini hisobida 174 ta o‘yin bor.
Bu borada rekord “Real”ning sobiq, “Porto”ning ayni paytdagi darvozaboni Iker Kasilyasga tegishli — 175 ta o‘yin.
“Yuventus”
Turin klubining Chempionlar ligasidagi quruq seriyasi 690 daqiqa davom etgani aytildi. Bu borada “Yuventus” shunga yaqin natijalar qayd eta olgan “Milan”, “Ayaks”, “Chelsi” kabi klublarni ortda qoldirdi.Biroq 690 daqiqa eng yaxshi ko‘rsatkich emas. 2005/06-yilgi mavsumda Londonning “Arsenal” klubi o‘z darvozasi dahlsizligini 995 daqiqa davomida saqlay olgan. Besh daqiqasi kam ming minut gol o‘tkazmagan Arsen Venger rekordini shu bilan kim yangilashini vaqt ko‘rsatadi.
Izoh (0)