Oxirgi paytlarda klassik uslubdagi katta to‘y tantanalari kelin va kuyovning xarakterlarini o‘zida aks ettiruvchi ancha ixchamlashtirilgan kechalarga aylanib borayotgani odamni quvontiradi. Yangi mavsumda bizni yanada o‘ziga xos va dadil fikrlar kutmoqda.
Kichik zaldagi to‘ylar
Ilgari ko‘pchilik yoshlarning to‘ylari bir necha yuzlab mehmonlarga mo‘ljallangan dabdabali tantanalar bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, oxirgi yillar bunday to‘ylar oila a’zolari va yaqin do‘stlar ishtirokida kichik zallarda o‘tkaziladigan to‘ylarga aylanib bormoqda. Bu sizning bayramingizni o‘ziga xos, oilaviy iliqlik va shinamlikda o‘tkazishga imkon beradi.Bir manzilda
Mehmonxonada to‘planish, nikohni qayd qildirish, bir necha joydagi fotosessiyalar, shahar tashqarisidagi ziyofat – bayramning bunday shakli to‘y kuni tinimsiz bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida ko‘p vaqtni oladi va xarajatni ko‘paytiradi. Yangi mavsumda yaxshisi bundan voz kechish va to‘y marosimlarini bir manzilda o‘tkazish foydaliroqdir. Bu yoshlarning diqqatini to‘yga jalb qilishga va to‘y kunini yo‘llarda emas, balki do‘stlari, yaqinlari davrasida o‘tkazishga yordam beradi.Zamonaviy texnologiyalar
Internet va ijtimoiy tarmoqlar nafaqat yoshlarning, balki katta yoshdagilar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Shuning uchun 2017-yilda ko‘proq to‘ylarga elekron taklif qilish va to‘y saytlari mashhur bo‘ladi. Bu tayyorgarlik jarayonini ancha osonlashtiradi, chunki hamma ma’lumotlar bir joyga yig‘iladi va siz ziyofat joyining manzilini har bir mehmonga shaxsan tushuntirib o‘tirmaysiz.Kelinlarning rangli ko‘ylaklari
Albatta, oq rangli to‘y ko‘ylaklari har doim urfligicha qolaveradi, lekin qiyofasiga yanada chiroy qo‘shish va o‘ziga xosligini namoyon qilmoqchi bo‘lgan kelinlar to‘y ko‘ylaklarning rangli trendiga e’tibor qaratishlari mumkin. Eng mashhur ranglar – bu pushtirang, och moviy, och kulrang yoki qaymoqrang.Manba: “Weddywood.ru”
Izoh (0)