Bugun, 9-may kuni 9:00 da Twitter ijtimoiy tarmog‘ida #XotiraUz xeshtegini trendga chiqarish aksiyasi boshlangan edi. Oradan 1 soat o‘tar-o‘tmas, xeshteg trendga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Kamolot” YoIH vakillari ma’lum qildi.
Twitter’dagi aksiya 11:00 ga qadar davom etadi.
Aksiyada ishtirok etish uchun:
- Twitter ijtimoiy tarmog‘idan shaxsiy profilingizni oching;
- #XotiraUz xeshtegi ostida o‘z fikrlaringizni qoldiring;
- #XotiraUz xeshtegi ostida qoldirilgan postlarga “yoqdi” (Like) hamda “ulashaman”(Retweet) tugmalarini bosing.
Izoh (0)