Shotlandiyaning Aberdin shahrida zamonaviy san’at ko‘rgazmasi tashkilotchilari tashrifchilar tomonidan qoldirib ketilgan ananas mevasini eksponat sifatida qabul qilib, uni oyna ostiga joylashtirdi. Voqeaga Daily Mail e’tibor qaratdi.
Nashrning qayd etishicha, Robert Gordon universitetining 22 yoshli talabasi Ruiari Grey do‘stlari bilan ko‘rgazmaga tashrif buyurganida hazil tariqasida mevani bo‘sh stolga tashlab ketdi. Bir necha kundan keyin talaba ko‘rgazmaga yana tashrif buyurdi va qoldirib ketilgan ananas oyna bilan muhofaza qilib qo‘yilganiga guvoh bo‘ldi.
Men ananas stolda yana qancha turishi va odamlar uning san’at ekaniga ishonish-ishonmasligiga guvoh bo‘lmoqchi edim.Ruiari Greyning do‘stlaridan biri Lloyd Jek Twitter’dagi sahifasida ananas suratini yukladi va oyna bilan o‘ralganini ko‘rib, hayratga tushganini yozdi.Ruiari Grey, talaba
Izoh (0)