Apple’ning AQShdagi kapitalizatsiyasi birinchi bor 800 milliard dollardan oshib, kompaniya har bir aksiyasining qiymati donasiga 153,44 dollarga ko‘tarildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
“TASS”ning yozishicha, Apple’ning so‘nggi chorakda mahsulotlari sotilish hajmi kamayganiga qaramay, kompaniya barcha yangi moliyaviy cho‘qqilarni zabt etmoqda. Ekspertlarning baholashicha, 2017-yilning o‘zidayoq kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 1 trillion dollarga yetishi mumkin.
“Kompaniya rahbari Tim Kuk pasayishni iste’molchilar navbatdagi yangi mahsulotning chiqishini kutayotgani bilan tushuntirdi. Uoll-strit ham bunga rozi ko‘rinadi”, — deya ta’kidladi MSNBC telekanali.
Izoh (0)